YAKOBI BORIS SEMYONOVICH
YAKOBI BORIS SEMYONOVICH (1801.21.9, Potsdam 1874.27.2, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1842), akademik (1847). Gyottingen universitetida o’qigan. Derpt universiteti (Kyonigsberg) professor (1835). 1837 yildan Peterburgda yashagan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va uning amaliyotda qo’llanishiga doir. Elektr dvigatel ixtiro qilgan (1834), teskari elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo’lishi hodisasini kashf etgan. Galvanoplastikani ixtiro qilgan (1938) va uni bosma, tangachaqa zarb qilish, badiiy buyumlarni tayyorlashda qo’llash bilan shug’ullangan. Qator telegraf apparatlarni loyihaladi, birinchi bo’lib yer osti (kabelli) telegraf aloqasini o’rnatdi, galvanometrning bir necha konstruktsiyalarini, voltmetr, qarshilik rostlagichi, qarshilikning sim etaloni kabi elektrotexnika asbob va qurilmalarini yaratdi. U Elektrotexnikaga oid bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi.