YAKOBINCHILAR
YAKOBINCHILAR — XVIII asrning oxiridagi buyuk fransuz inqilobi davrida o’rta va mayda burjuaziya siyosiy partiyasi.Yakobinchilar xalq ommasining qo’llab-quvvatlanishiga tayanib, monarxiyaga va feodal negizlarga keskin qarshi chiqdi. Jumladan, qirolni darhol sud va qatl qilishni, Respublika e‘lon qilinishini, feodal qaramlikni butunlay tugatishni va chet ellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy urush olib borishni talab etdilar. 1792-yilda Fransiya respublika deb e‘lon qilindi, qirol qatl etildi. Feodal-tabaqaviy tengsizlik bekor qilindi. 1794-yilda Milliy Konvent tomonidan Yakobinchilar diktaturasiga barham berildi. Ularning yo’lboshchilari – M.Robesper, J.P.Marat, J.Danton, Eber va Shommet va boshqalar qatl etildi.