Yalpi tanlash

Yalpi tanlash, umumiy tanlash — o’simliklarning yangi navini yaratish maqsadida, dastlabki navlarning genotipini tekshirmasdan, umumiy standartga javob beruvchi bir qator tashqi belgilariga qarab, eng yaxshi o’simliklarni tanlab olish. Afzalligi ko’p kuch va mablag’ talab qilmasligidadir.