YAMATOE
YAMATOE — yapon tasviriy san’atidagi maktablardan biri; yu—Pa.larda shakllangan. Tarixiy mavzudagi hamda aslzodalarning hayotidan olingan afsonaviy sahnalar, saroy romanlariga ishlangan kompozisiyalar husnixatlar bilan qo’shilib ketgan, ko’proq o’ramlarga tush va bo’yoqlarda bajarilgan, odatda turkumlar hosil qilgan. Eng gullagan davri 12— 14-asrlarga to’g’ri keladi. Yamatoe xususiyatlari (naqsh shaklidagi bulutlar, parallel perspektivalar usuli va boshqalar) keyinchalik Kano va Ukiyoe maktablarining tarkibiy qismlariga aylangan. Yirik vakillari — Fudzi- vara Nobudzane, Fudzivara Takanobu va boshqalar.