YANG
YANG (Yan Chjennin) (1922.22.9, Xe- Fey, Xitoy) — Xitoy fizigi; AQSh da ishlagan. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1965), professor (1955). Milliy untiversiteni tugatgan (1942). Falsafa fanlari Doktori (1948). Chikago universitetida (1948-49), Prinston universitetida (1949-65) ishlagan. Nyu-York universiteti professor (1966) va nazariy fizika instituti direktori (1967 yildan). Ilmiy ishlari statistik Fizika, maydon kvant nazariyasi, elementar zarralar fizikasiga oid. Amerikalik fizik R. Mills bilan hamkorlikda kalibrlash printsipini tavsiya etgan va vektor mezon maydoni nazariyasini ishlab chiqqan (1954). Kuchsiz o’zaro ta’sirda juftlik saqlanish qonunining buzilishi (1956, T. Li bilan), betayemirilishda nafaqat juftlik, balki yakka zaryad bog’likdigi ham saqlanmasligi (1957, T. Li va R. Eme bilan) haqidagi gipotezani ilgari surgan. Shu yili (L. D.Landau va A. Salomdan mustaqil ravishda) Kombinatsiyalangan juftlikning saqlanishi haqidagi g’oyani ilgari surdi (T. Li bilan hamkorlikda). Pionni nuklon va antinuklondan iborat sistema deb hisoblab, elementar zarraning birinchi tarkibiy modelini tavsiya etdi (1949, E. Fermi bilan hamkorlikda). Kuchsiz o’zaro ta’sir oraliq vektor bozonlar vositasida uzatiladi, degan g’oyani ilgari surdi (1960, T. Li bilan). Nobel mukofoti laureati (1957).