YANGI DUNYO
YANGI DUNYO — Portugaliyaliklar tomonidan 1500 va 1501-02 yillarda Atlantika okeani ortida kashf qilingan Jan. materikning bir qismiga A.Vespuchchi (1503) taklifi bilan berilgan nom. Keyinroq butun Janubiy materik, 1541 yildan shimoliy materik ham Yevropa, Osiyo va Afrikadan keyingi to’rtinchi qit’ani anglatuvchi Amerika nomi bilan bir qatorda Yangi dunyo deb ham ataldi.