YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK) YO’NALISH
YANGI KLASSIK (NEOKLASSIK) YO’NALISH — garb iqtisodiy adabiyotida “Yangi klassik ekonomiks” deb ataladi va bu yo’nalish asosida marjinalizm g’oyalari yotadi. Buyuk ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842-1894) nomi bilan bog’liq. Shu davrda “Siyosiy iqtisod” o’rniga mafkurasiz “Ekonomiks” matni paydo bo’ldi. Unda sof erkin bozor iqtisodiyoti targ’ib etiladi, davlatning roli imkoni boricha kam bo’lmog’i kerak. Bu yo’nalishda liberalizm va neoliberalizm oqimlari mavjud. Amerika monetarizmi — M. Fridman (1912, AQSH) o’zining “Kapitalizm va erkinlik” (1960) kitobida “erkin ishbilarmonlik’ ni himoya qiladi. “Ozodlik yo’lida qurbon berish”ni va “tabiiy ishsizlik”ni qo’llab-quvvatlaydi, davlat tomonidan beriladigan yordamga qarshi chiqadi, iqtisodiyotni to’g’ri pul siyosati bilan (davlat kam aralashadi) tartibga solish tarafdori. Bu oqim g’oyalari Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotida qo’llanilmoqda.