YANGI NISHON

YANGI NISHON — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi shahar (1982 yildan), tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Nishon (4 kilometr). Yangi nishondan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 20 kilometr. Aholisi 9,8 ming kishi (2003). Shaharda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, o’rta biznes, yirik korxonalar, mikrofirmalar, MTP, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, tuman Markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Yangi nishondan Katta O’zbekiston trakti o’tgan. Yangi nishon — Qarshi yo’nalishlarida avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan.