YAPON OROLLARI

YAPON OROLLARI — Tinch okeanning g’arbiy qismidagi arxipelag. Maydoni 370 ming kilometr kvadrat. Yapon orollarida Yaponiyaning asosiy qismi joylashgan. 4000 dan ziyod orollarni o’z ichiga oladi. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu, Sekoku. Relefi, asosan, tog’li. Vulkan ko’p. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli, shimolda mo’tadil iqlim. Kuzda falokatli tayfunlar bo’lib turadi. Daryolari qisqa va sersuv. Hududining yarmidan ortig’i o’rmonlar bilan qoplangan.