YAQINLASHISH

YAQINLASHISH (matematikada) — biror o’zgaruvchi miqdorning limiti mavjudligini ifodalaydigan tushuncha. Atrof, masofa tushunchalari aniqlanishi mumkin bo’lgan to’plamning elementlari ketma-ketligiga ham “Yaqinlashish» tushunchasi kiritiladi. Matematikaning har bir sohasida o’ziga xos Yaqinlashish tushunchalari o’rganiladi.