YARIMTIRNOQ
YARIMTIRNOQ — zargarlik buyumi; Xorazm ayollarining chakka — quloqqa taqadigan taqinchog’i. Yarimtirnoq mujassamotlaridan birining tuzilishi yuqori qismi 3 tishli (ikki ot o’rtasida turgan onama’buda), quyi qismi yarim oy yoki uyasida o’tirgan qushchalar shaklidagi 2 zarhallangan kumush taxtachalardan iborat bo’lib, yuzasiga bezak toshlar yoki shisha ko’zlar qadalgan, ular atrofi bosma usulida mayda o’simliksimon naqshlar yoki chiziqlar bilan bezatilgan. Yarimtirnoqning yuqori qismiga ukpar qadash uchun naycha va ilgaklar ishlangan, quyi qismi esa yaproqcha, marjonlar terilgan shokilalar qatori bilan hoshiyalangan. Yarimtirnoq osmatuzi bilan birga ansambl hosil qiladi. Davr o’tishi bilan ya. soddalashgan.