YATROGEN KASALLIKLAR

YATROGEN KASALLIKLAR (Yunoncha— vrach va — yaratish, tug’dirish), yatrogeniyalar, psixogeniyalar — vrach yoki boshqa tibbiyot xodimlarining ehtiyotsizlik bilan aytgan noo’rin gaplari, xatti- harakatlarining bemor psixikasiga ta’sir etishidan kelib chiqadigan kasalliklar. Aksari injiq, vasvas, o’ta ta’sirchan va asabi zaifroq kishilarda ro’y beradi. Ba’zi hollarda bemor vrach xulosasini (masalan, biror obro’liroq mutaxassis ko’raetganda eki rentgenda tekshirilayotganda) qattiq tashvishlanib qabul qilishi; o’zini sog’lom deb yurgan kishiga vrach ko’rayotganda biror og’ir, xavfli (masalan, gipertoniya kasalligi, o’sma) yoki kishini mulzam qiladigan (teritanosil, ginekologik) kasalligi borligi haqida taxmin aytilishi ham Yatrogen kasalliklarga sabab bo’ladi. Odatda, bir xil kasalliklar (masalan, sil kasalliklari, o’sma kasalliklari) davolanadigan kasalxonalarda yotgan ba’zi badgumon bemorlarda kuzatiladigan davolanish va davo ishlariga shubha bilan qarash, tushkunlikka tushish kabi holatlar kasallikni og’irlashtiradi. Davosi: psixoterapiya.