YAZD

YAZD — Eronning Markaziy qismidagi shahar. Yazd ostonining ma’muriy markazi. Aholisi 327 ming kishi (1997). Transport yo’llari chorrahasi. To’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qadimdan gilam va shoyi to’qiladi. Hunarmandchilikda turli buyumlar tayyorlanadi. Shahar yaqinidan polimetall rudalar qazib olinadi. Yazd Sosoniylar davri (3-4-asrlar)da qal’a sifatida vujudga kelgan. 14-asr boshlarida Muzaffariylar davlati poytaxti. O’rta asrlarda karvon yo’lidagi muhim savdo shahri bo’lgan. O’sha davrda shahar o’zining shoyi, kimxob, Baxmal gazlamalari hamda miniatyura maktabi va badiiy keramika buyumlari bilan mashhur edi. 16-asrda Safaviylar davlati tarkibiga kirdi. Yazdda tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiy (15-asr), shoir Muhammad Farroh Yazdiy (1889-1939) yashab ijod etganlar. Me’moriy Yodgorliklardan Imom maqbarasi (1037), qal’a (1137) va Amir chaqmoq masjidi (1299— 1300) saqlangan.