YAZD MINIATYURA MAKTABI

YAZD MINIATYURA MAKTABI — 15-asrda Yazd shahrida shakllangan miniatyura uslubi. Bu maktab vakillari asarlarida tasvirlar sodda, lekin nafis va tiniq ifodalangan, ranglar koloriti (ayniqsa, kishilarning «Bahrom ovda» (Xusrav Dehlaviyning «Xamsa» asariga ishlangan miniatyura; 1495-96 yillar) kiyimlarida) keskinligi bilan diqqatga sazovor. Uslub jihatidan sheroz miniatyura maktabiga yaqin. «She’riyat antologiyasi» va 1446-47 yillarda ko’chirilgan Nizomiyning «Xamsa» (Istanbuldagi To’pqopu saroyida), 1445 yilda ko’chirilgan Firdavsiyning «Shohnoma» (Rossiya milliy kutubxonasida), Xusrav Dehlaviyning «Xamsa» (Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi qo’lyozmalar institutida) kabi qo’lyozmalar shu maktab vakillari tomonidan yaratilgan mo’jaz rasmlar bilan ziynatlangan.