YEKATERINA MEDICHI
YEKATERINA MEDICHI (1519.13.4 -1589.5.1) — Frantsiya qirolichasi (1547 yildan), Genrix II ning xotini. O’g’illari: Frantsisk II (1559-60), Karl IX (1560- 74), Genrix III (1574-89) larning hukmronlik yillarida davlat siyosatini belgilashda Yekaterina Medichining roli katta bo’lgan. Varfolomey tuni tashkilotchilaridan biri.