YEMSHITEPA
YEMSHITEPA — antik shahar xarobasi. Tillatepa (Afg’oniston) yaqinida joylashgan. Maydoni 18 gektar. Yemshitepa tarhi aylana shaklida bo’lib, qalinligi 10 metr, balandligi 12 metr keladigan mustahkam mudofaa devori bilan o’rab olingan. Yemshitepa hududidagi madaniy qatlamning qalinligi 8,5 metrga yetadi. Shahar Kushon podsholigi davrida (1— 4-asrlar) ravnaq topgan. O’rta asrlarda shaharning kichik bir qismidagina hayot davom etgan. Qadimda bu yerdan Buyuk ipak yo’li o’tgan. Olimlar (Sh. Kamoliddinov) ning fikricha, antik manbalarda qayd etib o’tilgan qadimgi Baqtriyaning Surogana shahri aynan shu yerda joylashgan bo’lgan. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.