YENGIL QOTISHMALAR
YENGIL QOTISHMALAR — alyuminiy, magniy, titan, berilliy asosidagi konstruktsion krtishmalar. Sof og’irligi 5 gramm/santimetr kubdan kichik bo’ladi. Solishtirma mustahkamligi (mustahkamlik ko’rsatkichlarining zichlikka nisbati) yuqoriligi, mexanik va texnologik xossalarining yaxshiligi bilan temir yoki nikel asosidagi qotishmalardan farq qiladi. Deformatsiyalab va quyib tayyorlanadigan xillari bor. Eng keng tarqalgan Yengil qotishmalarga alyuminiy qotishmalari kiradi. Yengil qotishmalar samolyotsozlik, raketasozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, asbobsozlikda, temir yo’l sanoatida, elektr simlari tayyorlashda keng qo’llaniladi.