YENIKEYEV USMON YUSUPOVICH

Ma’nosi

YENIKEYEV USMON YUSUPOVICH (1933, Penza viloyati) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Dushanba pedagogika institutining matematika fakultetini tugatgan (1965). 1951-89 yillarda Angor va Denov tumanlaridagi maktablarda fizika-matematika o’qituvchisi, 1989 yildan Toshkent shahri Akmal Ikromov tumanidagi 287-maktabda matematika o’qituvchisi. Dars va darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilar bilan turli ko’rgazmali qurollar tayyorlab, ulardan oqilona foydalanadi, «yosh matematiklar» to’garagiga rahbarlik qiladi.

O‘xshash so‘zlar

Ye harfi: barcha so‘zlar