YER TUZISH LOYIHASI

YER TUZISH LOYIHASI — yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi xo’jalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Yer tuzish loyihasi 4 qismdan: tushuntirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, xuquqiy hujjatlar majmuasidan iborat. Tushuntirish xatida Yer tuzish loyihasida bajarilishi ko’zda tutilgan tadbirlarni asoslash nuqtai nazari va yer tuzish manbai (ob’yekt)ning tabiiy-iqtisodiy sharoitlari bayon etiladi. Yer tuzish loyihasining hisob qismi zarur jadval va loyiha yechimlari bo’yicha hisoblash qaydnomalaridan iborat. Barcha hisob-kitob ishlari o’z navbatida tushuntirish xatida asoslab beriladi. Loyiha chizmalarida qabul qilingan shartli belgilarga asoslangan, loyihalanayotgan joy tafsilotining amaldagi va istiqboldagi holatlari ko’rsatiladi. Yer tuzish loyihasi tarkibiga kiruvchi hujjatlar to’plamida shu loyihani tegishli tashkilotlar va muassasalarda ko’rib chiqish, tasdiqlash, amalga oshirish tadbirlari, loyihani joyga kuchirish to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Yer tuzish loyihasi xo’jaliklararo va xo’jalikda yer tuzish turlariga bo’linadi. Yer tuzish loyihasi barcha ishtirokchi mutaxassislar, loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachilar tomonidan imzolanadi. Tayyorlangan Yer tuzish loyihasi belgilangan tartibda kurib chiqiladi va tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihasi muntazam ravishda mualliflik nazoratida bo’ladi. Yer tuzish loyihasini amalga oshirish jarayonida ayrim o’zgartirishlar yoki anikliklar kiritilishi mumkin. Har bir holatda zarur huquqiy hujjatlar rasmiylashtiriladi. Yer tuzish loyihasi natijalariga ko’ra, ayrim tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish uchun bir bosqichli ish loyihalari ham tuziladi. Qosimjon Rahmonov.