Yertomirlar
Yertomirlar — yer po`sti yoriqlarini to`ldirgan mineral jismlar. Yoriqlar chuqurdan chiqqan magmatik rudali va rudasiz minerallar bilan to`lgan bo`lishi mumkin. Eni 2 km gacha yetishi va undan ham ortiq bo`lishi mumkin, yer ichiga esa juda uzoq kirgan bo`ladi. Yertomirda rangli, qora va nodir metallar ko`p uchraydi.