Yetakchi omil metodi

Yetakchi omil metodi — tabiiy geografik rayonlashtirish metodlaridan biri. Birinchi navbatda tabiiy kompleksda yetakchi rol o`ynab, ko`p jihatdan boshqa komponentlar xarakterini ham belgilovchi omil asos qilib olinadi. Yetakchi omil bir komponent yoki bir necha komponentdan iborat bo`lishi mumkin. Har bir taksonomik birlik o`z yetakchi omiliga ega. Chunonchi, tabiiy geografik o`lkalarni ajratishda geologik — geomorfologik omil yetakchi rol o`ynasa, zonal hududlarni ajratishda bioiqlimiy omil yetakchi rol o`ynaydi.