YEVROOSIYO IQTISODIY HAMJAMIYATI

YEVROOSIYO IQTISODIY HAMJAMIYATI — davlatlararo (xalqaro) iqtisodiy tashkilot. 2000 yil 10 oktabrda Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston prezidentlari Ostona shahrida imzolagan shartnoma asosida ta’sis etilgan (mazkur davlatlar tomonidan 1995 yilda tashkil etilgan bojxona Ittifoqining huquqiy vorisi). 2002 yil may oyidan Ukraina, Moldova, 2003 yildan Armaniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2005 yil 6-7 oktabrda Sankt-Peterburg (Rossiya)da Markashi Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT) ga a’zo davlatlar boshliklari kengashi majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov taklifi bilan davlatlararo iqtisodiy integratsiyani yanada rivojlantirish maqsadlarida MOHT Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati bilan qo’shilgani haqida qaror qabul qilindi. Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar davlatlararo Kengashining Sankt-Peterburg sammitida O’zbekiston mazkur tashkilotta rasman a’zo bo’ldi (2006 yil 25 yanvar). Hamjamiyatning asosiy maqsadlari: davlatlararo integrasiyaning eng yuqori darajasini ta’minlagan holda o’zaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich tarif va notarif to’siqlarni bekor qilish yo’li bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarining erkin harakati ta’minlanadigan erkin bozorni va uyg’unlashgan iqtisodiy siyosat amal qiladigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini bargo etish va boshqalar. Hamjamiyat doirasida imzolangan bitim va shartnomalar savdo-iqtisodiy, moliya, bojxona, tariflar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik masalalarini tartibga sodadi. Hamjamiyatning oliy organi — a’zo mamlakatlar davlat boshliqlari va hukumat boshlikdari kiradigan davlatlararo kengash hisoblanadi (bir yilda Kamila 3 marta — bir marta prezidentlar darajasila, 2 marta bosh Vazirlar darajasila majlislar o’tkazadi). Hamjamiyatning ijroiya organi — integratsiya qo’mitasi (uning tarkibiga hukumat boshliqlarining iqtisodiyot masalalari bo’yicha o’rinbosarlari kiradi). Integratsiya qo’mitasi majlislari oralig’idagi davrda hamjamiyatning joriy ishlarini Hamjamiyat huzuridagi doimiy vakillar komissiyasi (vakillarni davlat boshliqpari tayinlaydi) boshqaradi. Integratsiya qo’mitasi qoshida doimiy ishlaydigan va 9 departamentdan iborat Sekretariat bor. Uni Davlatlararo kengash qarori bilan 3 yil muddatga tayinlanadigan Bosh kotib boshqaradi. Bundan tashqari hamjamiyat huzurida srlamchi organlar tarzida 13 tarmoq kengashlari va 4 komissiya faoliyat ko’rsatadi. A’zo mamlakatlarning parlamentlari vakillaridan iborat Hamjamiyatning Parlamentlararo Assambleyasi doirasida davlatlarning qonun chiqaruvchi hokimiyatlari o’rtasidagi hamkorlik amalga oshirilali (gomonlarning milliy qonunchiligini o’zaro uyg’unlashtirish va uni hamjamiyat doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiqlashtirish masalalarini ko’rib chiqadi). Hamjamiyat sudi (har bir davlatdan 2 tadan vakil) hamjamiyat doirasida amal qiladigan shartnomalar va organlar qarorlarini a’zo davlatlar tomonidan bir xilda qo’llashni ta’minlaydi. Integratsiya qo’mitasi sekretariati Moskva va Olmaota shaharlarida, Parlamentlararo Assambleya Sanktpeterburg shahrida, hamjamiyat sudi Minsk shahrida joylashgan. Hamjamiyat 2003 yildan BMT Bosh assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega. Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Farhod Hakimov.