YIG’IMLAR

YIG’IMLAR — qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda to’lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki budjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladigan majburiy badallar. Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’ yxatga olganlik uchun yig’im, avtotrasport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im, obodonchilik ishlari uchun yig’im va boshqalar kiradi.