YODGOR VALLOMA MADRASASI

YODGOR VALLOMA MADRASASI Qashqadaryo viloyati, Yakkabog’ tumani markazidagi me’moriy yodgorlik (taxminan 1625). Madrasa maxalliy bek nomi bilan atalgan (uning mablag’iga qurilgan). Madrasa bosh tarzining asosiy qismi va yon devorlaridan biri saqlangan. Maqbara (Janubiy Sharqiy qismi) da Yodgor Vallomaning sag’anasi bor. Yodgor Valloma madrasasi tashqi burchaklariga burj guldasta ishlangan. Maqbara va masjid gumbaz tomli, miyonsaroy yassi gumbaz tomli, devori sirkor g’isht bilan bezatilgan. Guldasta bezagidagi oq, zangori sirkor g’ishtchalar yaxshi saqlangan.