YODOFORM, CHI,

YODOFORM, CHI, — sariq rangli, o’tkir hidli kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 119°, tarkibida 96,7% yod bor. Yorug’lik ta’sirida parchalanadi. Sanoatda natriy yoki kaliy yodidning spirtdagi eritmasini elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Gliserin, xloroform, spirt va boshqa erituvchilarda eriydi. Tibbiyotda antiseptik dori sifatida ishlatiladi.