YOG’OCHTESHARLAR

YOG’OCHTESHARLAR (Cossidae) tun Lam kapalaklar oilasi. Avstraliya Yog’ochtesharlarning qanotlari yoyilganida 220 millimetrga yetadi, xartumi reduktsiyaga uchragan. Xilma-xil rangda, shimoliy yarim sharda tarqalgan Yog’ochtesharlar ko’proq kulrang yoki qo’ng’ir, qanotlari to’rsimon bo’ladi. 800 turi bor, ko’pincha tropik Osiyo va Afrikada tarqalgan. O’rta Osiyoda o’nlab turi uchraydi. Yog’ochtesharlarning qurtlari yalang’och, etdor; daraxtlarning yog’ochligida uzun yo’l ochadi (nomi shundan olingan), ba’zan o’tlar ildizi, piyozi va poyasida ham uchraydi. Yog’ochtesharlar rivojlanishi 2-3 yil davom etadi, qurtlik davrida qishlaydi.