YOKOSUKA
YOKOSUKA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining Janubi-sharqida, Kanagava prefekturasida. Yirik port, temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 432,1 ming kishi (1995). Kemasozlik va kema remonti korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi, harbiy zavodlar, to’qimachilik va tikuvchilik korxonalari mavjud. Yokosuka — aviatsiya ilmiy tadqiqot markazi. Dengizchilik o’quv muassasalari, dengiz muzeyi, Akvarium bor. Yokosuka — Yaponiyaning yirik harbiy-dengiz bazasi.