YO’LDOSH

YO’LDOSH, bola o’rni — bola tug’ilgach, ketidan tushadigan homila pardalari, plasentasi va kindigidan iborat a’zo: homilani ona tanasi bilan bog’lab turadi. Tug’ruqning Yo’ldosh tushish davrida plasenta va pardalar bachadon devoridan to’la ko’chadi va tug’ruq yo’llari orqali chiqadi.