YO’LDOSHEV IBROHIM

YO’LDOSHEV IBROHIM (1941, Jarqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1965). 1965-96 yillarda Jarqo’rg’on tumanidagi 15-maktabda ona tili va adabiyoti o’qituvchisi. Yo’ldosherv o’quvchilarga zamon talablari asosida bilim berish bilan birga, o’quvchilarning yozma nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirishga katta e’tibor beradi.