Yollanma qo’shinlar
Yollanma qo’shinlar-davlatlar, shaharlar, ayrim badavlat mulkdorlar tomonidan yollangan professional jangchilardan tuzilgan qo’shinlar. Qadimgi Misr va boshqa davlatlarda keng qo’llanilgan; XV-XVIII asrlarda G’arbiy Yevropadagi qurolli kuchlarning asosini tashkil etgan. Masalan, Yetti yillik urush davrida Fridrix II qo’shinining yarmidan ko’pi chet elliklardan iborat bo’lgan. Hozirda bir qator davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya va boshqalar)da qurolli kuchlar tarkibini Yollanma qo’shinlar asosida to’ldirish tizimi tiklangan.