YOLLANMA XODIM

YOLLANMA XODIM — ma’lum shartlar asosida yollanib ishlovchi. Korxona bilan shaxs o’rtasida rasmiy yoki norasmiy kelishuv mavjud bo’ lgan hollarda yollanma xodim munosabati paydo bo’ ladi. Bunday kelishuv har ikki tomon uchun ixtiyoriy hisoblanadi va yollanuvchi shaxs muayyan pul yoki natura shaklidagi haq evaziga korxona uchun mehnat qilishi zarur.