YOMG’IRLATISH MASHINALARI VA QURILMALARI

YOMG’IRLATISH MASHINALARI VA QURILMALARI — qishloq xo’jalik ekinlarini sun’iy (yomg’irlatib) sug’orish agregatlari. Yomg’irlatish mashinalari dalada traktorlarga o’rnatib ishlatiladi yoki gidravlik yuritmali o’z tayanchlarida harakatlanadi. Yomg’irlatish qurilmalari yomg’irlatish mashinalaridan mustaqil harakat qila olmasligi (muqimligi) bilan farq qiladi. Asosiy ish organlari purkagich (uchlik) va yomg’irlatish apparatlaridan iborat. Bosim kuchi va suv sarfiga ko’ra, yomg’irlatish mashinalari va qurilmalari yaqinga otar (suv 5-8 metr uzoqlikka otiladi), o’rtacha masofaga (15-35 metr) otar va uzoqqa (40-80 metrga) otar xillarga; ishlash tarziga ko’ra, pozi 1. Yomgirlatish mashinalari va qurilmalarining ish organlari: a— yaqinga otar deflektorli uchlik (1—deflektor, 2— voronka); b— uzoqqa otar yomg’irlatish apparati (1—stvollar; 2— soplo; 3— aylanuvchi tayanchlar; 4— quvur; 5—qanotcha). 2. Harakatlanuvchi yaqinga otar yomg’irlatish mashinasi. 3. Pozitsion yaqinga otar yomg’irlatish mashinasi. Tsion va harakatlanuvchi xillarga bo’linadi. Pozision yomg’irlatish mashinalari va qurilmalari gidratli taqsimlash quvurlari va yaqinga otar uchliklari yoki o’rtacha masofaga otar apparatlari bo’lgan ikkita yomg’irlatish qanotlaridan iborat. Bir qanoti ishlayotganda ikkinchisi boshqa vaziyat (pozitsiya) ga o’rnatiladi. Harakatlanuvchi yomg’irlatish mashinalari va qurilmalari traktorga o’rnatilgan yaqinga otar uchlikli, ikki konsolli fermadan iborat. Purkash (yomg’irlatish) uchun muljallangan suv ariqlardan markazdan qochma nasoslar yordamida olinadi.