YOQUT

YOQUT — mineral, tarkibida oz miqdorda (2% gacha) xrom ionlari (Sgz+) bo’lgan korund (A12O3) ning qizil rangli turi. Rangi och pushtidan to’q qizilgacha. Birinchi toifali qimmatbaho toshlar turkumiga mansub. Shimoliy Myanmaning Yoqut konlari qadimdan ma’lum bo’lib, O’rta Osiyo va Yevropaga ham shu yerdan keltirilgan. Badaxshondagi Yoqut koni juda mashhur bo’lgan. 18 asrda O’rta va Janub Uraldagi sochmalarda ham topilgan. Eng katta konlari Myanma, Tailand, Shri Lankada. Yoqutning yirik shaffof xillari sun’iy yo’l bilan olinadi. Sun’iy Yoqut soat mexanizmlari, kvant elektronikasi hamda zargarlikda ishlatiladi.