Yorg’u

Yorg’u (turkcha)-1) o’rta asrlarda (jumladan, Mo’g’ullar va Temuriylar davlatida) fuqarolarning turli da’vo va shikoyatlariga oid yoki jinoiy ishlarni ko’rib tegishli hukm chiqaradigan davlat organi, mahkama, sud; 2) mahkama, sud chiqargan hukm; 3) Xiva xonligida jazo ma’nosida qo’llangan atama. Chingizxon Yasog’i asosida chiqarilgan sud qarorini rasmiylashtiradigan yorliq-Yorg’unoma deb atalgan.