YORG’UCHOQ

YORG’UCHOQ — donni yormalash va un qilish uchun toshni yo’nib tayyorlangan qadimgi asbob. Yorg’uchoq ilk neolit davri (miloddan avvalgi 4 ming yillik) da paydo bo’lgan, milodiy Yorg’uchoq (Samarqand). 3—4 asrlargacha foydalanilgan. Yorg’uchoq 2 yassi toshdan iborat, ostki toshi kengroq, biroq taypoq, ustkisi esa qabariq yuzli bo’lgan. Donni ustki toshdagi maxsus teshikdan pastki tosh ustiga solib, ustki tosh bilan ishqalab maydalangan. 3—4 asrlarda dumaloq toshli qo’l tegirmoni paydo bo’lgach, Yorg’uchoq deyarli ishlatilmagan. Tog’li joylar va dasht-cho’llarda yashovchi kishilar orasida 20 asr 20 yillarigacha keng tarqalgan.