YO’RMADO’ZLIK
YO’RMADO’ZLIK — kashtado’zlik turi; badiiy buyumlar (do’ppi, choyshab, gulko’rpa, kirpech, zardevor va boshqalar), kiyimlarga yo’rma chokda gul (naqsh) tikish kasbi. Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. 19-asrgacha Buxoro, Xiva shaharlarida, 19-asrning 2-yarmidan Toshkent va Qo’qonda keng tarqalgan. Charm va movut buyumlarga (kamar, pichoq va qilich qinlari, kitob muqovalari), ovchilar kiyimlari, po’stinlarga bezak kashta gullar yo’rma chok bilan tikilgan. Tikuv mashinalari (popop) da tikish usuli o’zlashtirilgach, qo’lda tikish kamaydi.