YORONGUL

YORONGUL, xushbo’y yorongul (Pelargonium roseum Willd.) — yoronguldoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki ko’p yillik o’t yoki chala buta, efir moyli va manzarali o’simlik. O’rta Dengiz sohillarida, Zakavkaze va O’rta Osiyoda (21 ga yaqin turi bor) tarqalgan. Yovvoyi turi chul, adir va tog’zonalarda uchraydi. Bargi panjasimon, ba’zida patsimon ajralgan, mayda kertikli, chiroyli. Turiga qarab guli och qizil, qavorang, nim jigarrang, to’q qizil rangda. Yorongulning yer ustki qismida oshlovchi moddalari mavjud turlari ham bor. Uning yashil bargidan va gulidan xushbo’y efir moyi olinadi. Ayrim turlari xalq tabobatida dori sifatida ishlatiladi. Istirohat bog’larida, xonadonlarda gul sifatida o’stiriladi.