YOSHLAR HARAKATI

YOSHLAR HARAKATI — bu harakat asosan yoshlarni qamrab oladi. Bu harakat ham yoshlarga xos bo’lgan, ham umumsiyosiy, ham umumijtimoiy bo’lgan maqsad va vazifalarni o’z oldiga qo’yadi. Hozirgi yoshlar harakati oldingi-yillardagi yoshlar harakatidan ancha farq qiladi. Bu harakatga an’anaviy hokimiyat institutlariga nisbatan chuqur tanqidiy munosabat, o’z qarashlarini ifoda etishda — mustaqillik, kengroq erkinlik, faoliyat usullarida xilma — xillik xos. Hozir dunyoda 50 dan ortiq xalqaro yoshlar tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ulardan eng ommaviy va obro’lisi – Jahon demokratik yoshlar federasiyasi (JDYF) va Xalqaro talabalar ittifoqi (XTI). Bu tashkilotlarda dunyoning barcha mintaqalarida 100 dan ortiq mamlakatlardan progressive yoshlar va talabalarning milliy uyushmalari ko’rsatilgandir. Ularning faoliyati BMT, YUNESKO va boshqa hukumatlararo tuzilmalar tomonidan tan olinadi va yuqori baholanadi. O’zbekistonda yoshlarning ―Kamolot ijtimoiy harakati – mustaqil yurtimizning kelajagi bo’lgan yoshlarning ma‘naviy barkamol, vatanparvar, jismonan sog’lom bo’lishi uchun faoliyat ko’rsatadi.