YOT JISMLAR
YOT JISMLAR — teri, quloq, burun, ko’z va boshqalar orqali organizmga tasodifan kirib, to’qimalar, a’zolar va bo’shliqlarda turib qolgan narsalar (o’q, Nina, Zirapcha va hokazo). Turmushda organizmga ko’pincha mayda Yot jismlar — Nina yoki uning bir bo’lakchasi, Zirapcha, shisha va boshqalar kirib ketishi mumkin. Organizmga kirib qolgan, lekin infektsiya yuqmagan Yot jismlar to’qimalarda «chandiqlanib», uzoq vaqt, hatto umr bo’yi og’ritmaydigan bo’lib saqlanib qolishi yoki, aksincha, mikrobli Yot jismlar atrofi ma’lum vaqtdan keyin yallig’lanishi mumkin. Terining ichiga kirgan Zirapcha og’ritadi va yallig’lanib yiring boylaydi. Barmoqqa, tirnoq ostiga kirgan Zirapcha ancha yomon, u ko’pincha xasmolta sabab bo’ladi. Shuning uchun ko’z ilg’aydigan zirapchani o’tkir uchli igna bilan kishining o’zi olib tashlashi mumkin. Nina va terining Nina kirgan joyi spirt yoki yod eritmasi bilan artib tozalanishi kerak. Buning iloji bo’lmasa yoki Yot jismlar zaharli bo’lsa (masalan, kimyoviy qalam parchasi) zudlik bilan shifokorga ko’rinish lozim. Yot jismlar ko’zga, burunga, quloqqa kirgan hollarda ham faqat vrach maslahati bilan ish ko’rgan ma’qul.