YOVON

YOVON, yobon— cho’l, dasht, tekislik. O’rta Osiyoga doir tarixiy manbalarda va badiiy adabiyotda ko’p uchraydi. Joy nomlari tarkibida qolgan: Yovon Dashti, Yovonsuv soyi (Janubiy Tojikiston), Yozyovon cho’li (Farg’ona vodiysi).