YOVVOYI O’RDAK

YOVVOYI O’RDAK, qizil buyin o’rdak (Anos platyrhynchus) — o’rdaklar oilasi turi. Yirik qush, vazni 0,8 dan 2 kilogrammgacha. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada yashaydi. O’zbekistonda ham keng tarqalgan, deyarli hamma suv havzalarida ko’payadi. Uchib o’tuvchi qush, lekin ko’pchiligi qishlab ham qoladi. Suvdan uzoq bo’lmagan har xil joylarga in quradi. Apreldan boshlab 6 tadan 16 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxum bosishi 26 kun davom etadi. 60 kunda jo’jalari yaxshi uchish qobiliyatiga ega bo’ladi. Asosan, o’simliklar, ba’zan suvdagi umurtkasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Yovvoyi o’rdak muhim ov ob’yekti hisoblanadi. Xonaki o’rdaklar shu turdan kelib chiqqan.