Yoyilma konus
Yoyilma konus — tekislikka yoki vodiylarning kengroq qismiga oqar suvlar keltirgan jinslarning to`planishidan hosil bo`lgan yarim konus ko`rinishidagi salgina qabariq reylef shakli. Yoyilma konuslar har xil kattalikdagi tog` jinslaridan iborat bo`ladi. Tuproqlari yosh, o`simliklari siyrak, maydoni bir necha 10 m.kv.dan o`nlab km.kv gacha yetishi mumkin. Yoyilma konus O`zbekistonda tog` etaklaridagi tekisliklarda, vodiylarda ko`p uchraydi.Yollar — kambar va uncha baland bo`lmagan qirlar. Bunday qirlar (grivalar) G`arbiy Sibirning janubiy qismida ko`p uchraydi. Bu yerda ular janubi-g`arbdan shimoli-sharqqa tomon cho`zilib ketgan.Yolg`iz tog` — nurab tekislangan yerlarda yakka yoki to`da joylashgan qoldiq tog`lar. Tog`li o`lkaning eroziya natijasida yemirilib ketishi, vodiylarning kengayishi oqibatida hosil bo`ladi. Qizilqumda, Afrikada, Markaziy Osiyoda, Katta Havza, Meksika, Braziliyada bor.