YUDXOENO SUTSILO BAMBANG

YUDXOENO SUTSILO BAMBANG (1949.9.9, Indoneziya, Sharqiy Yava provintsiyasidagi Pachitan shahri) — Indoneziya davlat arbobi. Armiya generali. Indoneziya Respublikasi qurolli kuchlari akademiyasini gugatgan (1973). quruqlikdagi qo’shinlar va harbiy havo kuchlari komandirlari kursida, AQSh, Panama, Belgiya va Germaniyadagi harbiy kurslarda o’qigan. 1976-77. 1979— 80 va 1986-88 yillarda Indoneziyaning sobiq Sharqiy Timor provinisiyasidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Yudxoeno BMTning Bosniya va Gersegovinadagi tinchlikparvar kuchlari huzurida bosh harbiy kuzatuvchi (1995-96). Indoneziya armiyasi hududiy shtabi boshlig’i (1998-99), Indoneziya energetika va kon sanoati vaziri (1999-2000), siyosat va xavfsixtik masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi vazir (2000— 04), 2004 yil 20 oktabrdan Indoneziya Respublikasi prezidenti.