YUGURUVCHI TO’LQINLAR

YUGURUVCHI TO’LQINLAR — bir xil fazalar sirti (to’lqin fronti) chekli tezlik bilan to’lqinsimon harakatlanuvchi to’lqinlar. Turg’un to’lqinlardan farqli ravishda yuguruvchi to’lqinlar energiya va impuls tashiydi. Superpozisiya printsipi o’rinli bo’lgan holda (chiziqli tizimlarda) qarama-qarshi yo’nalishda tarqalayotgan yuguruvchi to’lqinlar turg’un to’lqin hosil qiladi. To’lqinlarning amplitudalari turlicha bo’lgan holda qisman yuguruvchi to’lqinlar hosil bo’ladi.