YUJNO-SAXALINSK

YUJNO-SAXALINSK (1905 yildan 1946 yilgacha — Toexara) — Rossiya Federatsiyasi Saxalin viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Saxalin orolining Janub qismida joylashgan. Temir yo’l chorrahasi. Aholisi 175,1 ming kishi (2002). Teplovozvagon ta’mirlash, eksperimental ta’mirlash-mexanika, avtomobil ta’mirlash, baliqni qayta ishlash zdlari, uysozlik, mebel ktlari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Pedagogika instituti, bir qancha o’rta maxsus bilim yurtlari, Rossiya Federatsiyasi Fanlar Akademiyasi Sibir bo’limining Saxalin kompleks ilmiy tadqiqot instituti, 2 teatr (shu jumladan, drama teatri), o’lkashunoslik muzeyi bor. Yuz (Shyopev) Deyvid Eduard (1831.16.5 — London — 1900.21.1) — ingliz fizigi; elektrotexnika sohasidagi ixtirochi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1880). AQSh da yashagan va ishlagan (1838-65). Bardstaun (Kentukki shtati) kolleji professor (1851 yildan). Rossiyada ishlagan (1865-67). Londonga 1867 yili qaytgan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va elektrotexnikaga oid. Harf bosuvchi telegraf apparatni (1854), ko’mirli mikrofonni (1878), induktsion tarozini va tovush o’lchagichni ixtiro qilgan, elektromagnit to’lqinlarni kuzatgan (1879).