YUK KO’TARISH MASHINALARI
YUK KO’TARISH MASHINALARI odamlar va yuklarni tik yoki qiyaroq yo’nalishda ko’tarish va tushirish uchun mo’ljallangan qurilmalar. Tuzilishi va kinematik sxemasi turlicha bo’lgan mashinalarni o’z ichiga oladi. Masalan, liftlar, konlar va qurilishda ishlatiladigan ko’targichlar, domkratlar, tallar, polispatlar, qiya konveyerlar, shuningdek, strelali o’zi yurar kranlar, avtoyuklagichlar Yuk ko’tarish mashinalari jumlasiga kiradi. Vazifasiga ko’ra, Yuk ko’tarish mashinalari muqim (stasionar), o’ziyurar yoki ko’chma, uzlukli va uzluksiz ishlovchi, elektr yuritmali yoki ichki yonuv dvigatelli va boshqalar turlarga bo’linadi. Vazifasiga, tuzilishiga, yukning xiliga qarab, Yuk ko’tarish mashinalari bir necha kilogrammdan bir necha yuz tonnagacha yukni ko’tarishi mumkin.