YUKAVA

YUKAVA (Uikatea)Xideki (1907.23.1, Tokio — 1981.8.9, Kioto) — yapon fizigi, Yaponiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1946), Kiotodagi untni tugatgan (1929). Shu universitetda va Osakadagi universitetda ishlagan (193239), Kioto universitet professor (1939 yildan), Nyu-Yorkdagi Kolumb universiteti professor (1949-53), Kioto universitetiga qarashli fundamental fizika ilmiy tekshirish institutini boshqargan (1953-70). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro va mezon fizikasi, elementar zarralar fizikasiga oid. l-mezonning mavjudligi haqidagi gipotezani ilgari surdi (1935). Mezon nazariyani rivojlantirdi va nuklonlarning o’zaro ta’siri uchun matematik ifoda (Yukava potentsiali) ni topdi. Yadro kuchlari nazariyasini yaratdi va neytral mezon tushunchasini kiritdi (1938). Oraliq bozon haqidagi g’oyani ilgari surdi (1953). Nobel mukofoti laureati (1949).