YUKSAK O’SIMLIKLAR

YUKSAK O’SIMLIKLAR — evolyutsion taraqqiyot natijasida murakkab morfologik tuzilishga ega bo’lgan, tanasi poya va bargga differentsiyalangan o’simliklar. Ularda ko’p hujayrali murtak (embirion) hosil bo’ladi. Yuksak o’simliklarga xos belgilardan biri jinsiy (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasllarning gallanishidir. Yuksak o’simliklar 3000 ga yaqin turdan iborat 9 bo’limni o’z ichiga oladi. Bularga: riniotoifalar zosterofiltoifalar, yo’sintoifalar, plauntoifalar, psilotoifalar, qirqbo’g’imtoifalar, qirqquloqtoifalar, qarag’aytoifalar, magnoliyatoifalar kiradi. Yuksak o’simliklar tanasining murakkab tuzilganligi, yerda o’sishga moslashganligi, jinsiy va jinssiz ko’payishi bilan tuban o’simliklardan farq qiladi. Yuksak o’simliklar sporofitida ko’p hujayrali sporangiylar hosil bo’lib, ularda harakatsiz sporalar yetishadi. Gametofitshxa jinsiy organlar paydo bo’ladi. Sporofit, odatda, barg, poya va ildizga bo’lingan. Ko’pincha Yuksak o’simliklada o’tkazuvchi to’qima — ksilema va floema rivojlangan. Epidermis, kutikula va bargida og’izchalar bo’lishi Yuksak o’simliklar uchun xos. Yuksak o’simliklar birorta dengiz suvo’tlaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Yuksak o’simliklarning qazilma qoldiqlari silur davridan ma’lum.