YUNESKO

YUNESKO — (maorif, fan va madaniyat masalalari bo’yicha BMT maxsus tashkiloti) — hukumatlararo tashkilot, BMTning ixtisoslashgan tashkiloti. 1946-yilda tashkil etilgan, unga 158 mamlakat a’zodir. YUNESKO ning asosiy maqsadi xalq ta’limi va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikka yordam berish, madaniyat va ilmiytexnika sohasiga taalluqli axborotlarni yoyish, ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash, milliy madaniyatlarni himoya qilishdir.