YUNUSXO’JAYEVA TUYG’UNOY

YUNUSXO’JAYEVA TUYG’UNOY (1922.26.7 — Toshkent — 1998.16.11) — diktor. O’zbekiston xalq artisti (1953). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1958). 1940-41 yillar radio qo’mitasida diktor, beriladigan eng muhim eshittirishlar, mumtoz va zamonaviy she’riyat bo’stoni, shuningdek, adabiy namunalarni kuchli hishayajon, aniq talaffuz, shirali ovoz va mahorat bilan o’qigan. Navoiy, Bobur g’azallari, Umar Xayyom ruboiylari, Nodirabegim, Uvaysiy, Furqat, Lutfiy, Zebunniso lirikasi Yunusxo’jayeva ijrosida O’zbekiston radiosining oltin fondiga qabul qilingan. Yunusxo’jayeva O’zbekistonda badiiy nutq madaniyatini oshirishga katta hissa qo’shgan.